Pigeon — dasturçilar uçun desktop ilovamiz. Uning ğoyasi Postman va Wireshark orasida turadi: birinçisidan sörovlar bilan qulay işlaşni, ikkinçisidan tarmoqda va xabarlar oqimida aslida nima ötayotganiga eʼtiborni oladi.
Içida nimalar bor
- Protokollar: HTTP, GraphQL, gRPC, JSON-RPC, WebSocket, MQTT, RabbitMQ va Kafka
- Loyiha bilan birga saqlaş mumkin bölgan sörovlar kolleksiyalari
- Oqimli protokollar uçun xabarlarni jonli köriş
- TLS va proksi sozlamalari
Maʼlumotlaringiz sizda qoladi
Pigeon lokal işlaydi. Sörov va kolleksiyalar kompyuteringizda saqlanadi va tizim kalitlar ombori orqali şifrlanadi. U mavjud bölmasa, ilova maʼlumotlarni faqat xotirada saqlaydi va bu haqda ogohlantiradi. Tarixda sörov va javoblar mazmuni saqlanmaydi.
Keyingi rejalar
Pigeon hozir faol rivojlanmoqda va hali ommaga çiqarilmagan. Birinçi versiya tayyor bölganda bu yerda yuklab oliş va manba kodi havolalari paydo böladi.