Termic — Node.js da buyruq satri ilovalari uçun kutubxonamiz. U terminaldagi çiqişni bezaşga yordam beradi: ranglar, uslublar, öz mavzularingiz va progress animatsiyalari. Uning boğliqliklari yöq va u String.prototype ni kengaytirmaydi.
Nimalar qila oladi
- Uslublar zanjiri: rang, fon, kursiv, tagiga çiziş va içma-iç uslublar
- 256 rang va Truecolor, terminal imkoniyatlarini avtomatik aniqlaş
- Bir qatorda öz mavzularingiz
- Uzoq amallar uçun animatsiya va progress körsatkiçlari
Qanday boşlaş kerak
Paketni npm install termic buyruği bilan örnating. Eng oddiy misol:
cli.println(styler.color.red.italic("Hello World"))
Mavzuni oddiy özgaruvçi sifatida aniqlaş mumkin, masalan const error = styler.color.red, söng uni butun ilovada işlatiş mumkin.
Keyingi rejalar
Loyiha rivojlanmoqda: xatolarni tuzatyapmiz va yangi imkoniyatlarni rejalaştirmoqdamiz. Takliflar va xato haqidagi xabarlarni GitHub da qabul qilamiz. Termic MIT litsenziyasi ostida tarqatiladi va har qanday loyiha uçun bepul.